AsosiyDunyo

Pokiston va Afg‘oniston chegarasida yana otishma boshlandi

Vaqtinchalik sulh muddati tugagach, ikki davlat chegarasida harbiy harakatlar qayta avj oldi. Hodisa oqibatida qurbonlar bor.

'Pokiston va Afg‘oniston chegarasida yana otishma boshlandi'ning rasmi

Afg‘on rasmiylariga ko‘ra, sulh yakunlangach Pokiston harbiylari Kunar viloyatining Naray va Sarkano tumanlariga o‘nlab snaryadlar yo‘llagan.

Natijada ikki nafar tinch aholi halok bo‘lgan, sakkiz kishi jarohat olgan.

Afg‘oniston chegarа qo‘shinlari javob o‘qi ochib, Pokistonning uchta harbiy posti yo‘q qilingani va bir harbiy xizmatchi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Pokiston tomoni hozircha bu ma’lumotlarga izoh bermadi.

    Boshqa yangiliklar