AsosiyJINOYAT

Toshkentda kriptoaldamchilik bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi

Kriptovalyuta noqonuniy aylanmasi hajmi 1,5 million AQSh dollaridan oshgan.

'Toshkentda kriptoaldamchilik bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi'ning rasmi

Toshkent shahrida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan noqonuniy kriptoaktivlar aylanmasi bilan shug‘ullangan guruh faoliyati fosh etildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu guruh ijtimoiy tarmoqlarda soxta investitsiya platformasini reklama qilgan. Reklamada davlat amaldorlari, mashhur shaxslar hamda Prezident obrazlaridan foydalanilib, fuqarolarni sarmoya kiritishga ishontirishga urinilgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar tomonidan amalga oshirilgan P2P operatsiyalar va kriptovalyuta noqonuniy aylanmasi hajmi 1,5 million AQSh dollaridan oshgan.

Shuningdek, guruh a’zolari 100 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosini aldab Qozog‘istonga olib chiqqan va ular nomiga bank kartalar ochtirib, kriptooperatsiyalarda foydalangan.

Tergov davomida ushbu jinoiy sxema ortida xorijlik firibgarlar turgani, ammo asosiy ijrochilar O‘zbekiston fuqarolari ekani aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi 3-qismi "а" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini nazarda tutadi.

Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Farg‘ona va Qo‘qonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi'ning rasmi

    JINOYAT Bugun 04:02

    Farg‘ona va Qo‘qonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi

    6 mingdan ortiq kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi.

    'Yangiyo‘lda 1,5 gektar yerni 750 ming dollarga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi'ning rasmi

    JINOYAT 04.06.2026 02:57

    Yangiyo‘lda 1,5 gektar yerni 750 ming dollarga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

    Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi davlat zaxirasida bo‘lgan 1,5 gektar yer maydonini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxs 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtida qo‘lga olindi.

    'Qirg‘izistonda O‘zbekistonga olib ketilayotgan 34 kilogrammdan ortiq narkotik musodara qilindi'ning rasmi

    JINOYAT 03.06.2026 10:15

    Qirg‘izistonda O‘zbekistonga olib ketilayotgan 34 kilogrammdan ortiq narkotik musodara qilindi

    Hozirda musodara qilingan moddalarning aniq tarkibini belgilash uchun sud-kimyoviy ekspertiza tayinlangan.

    '643 milliard so‘mdan ortiq byudjet mablag‘ini talon-toroj qilganlik holati fosh etildi'ning rasmi

    JINOYAT 03.06.2026 05:16

    643 milliard so‘mdan ortiq byudjet mablag‘ini talon-toroj qilganlik holati fosh etildi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    '“Tracker”dan qariyb 9 kilogramm gashish topildi'ning rasmi

    JINOYAT 03.06.2026 04:22

    “Tracker”dan qariyb 9 kilogramm gashish topildi

    Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zgatilgan.

    'O'zbekistonda 8 milliard so'mdan ortiq qiymatdagi birja qoidalari buzilishi aniqlandi'ning rasmi

    JINOYAT 02.06.2026 16:51

    O'zbekistonda 8 milliard so'mdan ortiq qiymatdagi birja qoidalari buzilishi aniqlandi

    O'tkazilgan o'rganishlar davomida "Raqobat to'g'risida"gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 170-son qarori talablari buzilgan holatlar fosh etilgan.