Dunyoda har yili qariyb 1,2 mlrd bola oilada jismoniy jazoga duch keladi. Bu haqda JSST xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, dunyoning ko‘plab davlatlarida hanuzgacha keng qo‘llaniladi va bu bolalarning sog‘lig‘i hamda rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazmoqda. 58 ta davlatda o‘tgan bir oy ichida jismoniy jazoga duch kelgan bolalarning 17 foizi uning eng og‘ir shakllariga – bosh, yuz yoki quloqqa zarba qabul qilish kabi zo‘ravonlikka uchragan.
Mamlakatlar kesimida ko‘rsatkichlar juda farqlanadi. Masalan, 2-14 yoshli bolalar orasida jismoniy jazoni qo‘llash holati Qozog‘istonda 30 foiz, Ukraineda 32 foiz, Serbiyada 63 foiz, Serra-Leoneda 64 foiz, Togoda esa 77 foizni tashkil etgan.
Eng katta xavf guruhiga nogiron bolalar, ota-onasining o‘zi ham bolaligida jismoniy jazoga uchraganlar, spirtli ichimlik yoki narkotik iste’mol qiluvchi, depressiyadan azob chekayotgan yoki ruhiy kasalliklarga ega ota-onalarning farzandlari kiradi. Shuningdek, kambag‘allik, irqchilik va kamsitish kabi ijtimoiy omillar ham xavfni oshiradi.