O‘zbekiston Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev mamlakat harbiy qudratini oshirish davom etayotganini ta’kidladi va xalqni har doim urushga tayyor bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi. "Dunyodagi jarayonlar shunchalik tez kechmoqdaki, ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Bizning xavfsizligimiz kafolati — o‘zimiz, Qurolli Kuchlarimiz va xalqimiz. Provokatsiya qilishni istaganlar pushaymon bo‘ladi", — dedi Aliyev. Prezidentning ta’kidlashicha, Ozarbayjonga eng zamonaviy dronlar, artilleriya tizimlari va jangovar samolyotlar keltirilgan. Yangi shartnomalar imzolanganligi, mavjud texnika esa modernizatsiya qilinayotganligi ma’lum qilindi. Aliyev, shuningdek, Armaniston bilan tinchlik kelishuvi yuzasidan ham izoh berib, hujjatdagi barcha bandlar rasmiy Boku pozitsiyasiga asoslanganligini ta’kidladi. "Endi Ozarbayjondan Naxchivonga poyezd va avtomobillar orqali quruqlikdan borish yo‘li ochiladi", — deya xulosa qildi u.