AsosiyJamiyat

Toshkentda avtomobil yong‘ini yuz berdi

Mirzo Ulug'bek tumanida yuzaga kelgan yong'in fuqaro kuchi bilan bartaraf etildi.

'Toshkentda avtomobil yong‘ini yuz berdi'ning rasmi

22 avgust kuni soat 00:15 da Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida avtomobil yong‘ini yuz bergani haqida shahar FVBga xabar berilgan.

Yong‘in-qutqaruv texnikalari hodisa joyiga 9 daqiqa ichida — soat 00:24 da yetib borgan.

Ammo bu vaqtga kelib yong‘in shu yerda bo‘lgan fuqarolar tomonidan o‘z vaqtida o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

    Boshqa yangiliklar