AsosiyJAMIYAT

Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston yo‘lida tunnel qazish 9 kilometrdan oshdi

Loyiha doirasida jami 29 ta tunnel, 50 ta ko‘prik hamda 19 ta stansiya, jumladan, ikki ta chegara stansiyasi va yuk ortish-tushirish bekati qurilishi rejalashtirilgan.

'Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston yo‘lida tunnel qazish 9 kilometrdan oshdi'ning rasmi

Xitoy–Qirg'iziston–O'zbekiston xalqaro temiryo'li qurilishi doirasida yirik infratuzilma ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov ma'lum qildi.

Vazirning ta'kidlashicha, hozirgi kunda loyiha doirasida 25 ta tunnelda qazish ishlari olib borilib, umumiy hisobda 9 kilometrdan ortiq masofa qazib bo'lingan.

Loyiha doirasida jami 29 ta tunnel, 50 ta ko'prik hamda 19 ta stansiya, jumladan, ikki ta chegera stansiyasi va yuk ortish-tushirish bekati qurilishi rejalashtirilgan.

Qurilish ishlariga 5 800 dan ortiq maxsus texnika va 9 000 ga yaqin ishchi jalb etilgan. Hozirda bir qator ob'ektlarda, jumladan ramali ko'priklarda ham qurilish ishlari boshlangan bo'lib, poydevor va xandaq ishlari amalga oshirilmoqda.

Mutasadidlarning qayd etishicha, mazkur strategik loyiha 2030 yilga qadar yakuniga yetkazilishi ko'zda tutilgan. U ishga tushgach, temiryo'l orqali yiliga 15 million tonnagacha yuk tashish imkoniyati yaratilishi, shuningdek, tovarlarni yetkazib berish muddati o'rtacha 7 kungacha qisqarishi kutilmoqda.

Loyiha g'oyasi ilk bor 1996 yilda ilgari surilgan bo'lib, uni amalga oshirish bo'yicha o'tgan yillar davomida bir necha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar tayyorlangan. Tog'li hududlar, molyalashtirish va texnik murakkabliklar sabab loyiha uzoq yillar davomida kechiktirib kelingan.

2024 yil iyun oyida uch davlat o'rtasida temiryo'l qurilishi bo'yicha rasmiy bitim imzolangan. Shu yil 27 dekabrda esa qurilish ishlariga rasman start berilgan.

Rasmiylarga ko'ra, mazkur yirik infratuzilma loyihasi mintaqaviy transport aloqalarini yaxshilash, yuk oqimini oshirish hamda iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada ushlanib, O‘zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 11:03

    Qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada ushlanib, O‘zbekistonga qaytarildi

    O'zbekistonda firibgarlik jinoyatini sodir etib, 6 yildan buyon qidiruvda bo'lgan.

    'Samarqandda 14 yoshli qiz o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi qamaldi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 09:03

    Samarqandda 14 yoshli qiz o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi qamaldi

    Unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish hamda 3 yil transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi tayinlandi.

    'Murojaatlar muddatini buzgan 19 nafar xodim lavozimidan chetlatildi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 06:20

    Murojaatlar muddatini buzgan 19 nafar xodim lavozimidan chetlatildi

    Aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish bo‘yicha talablarni buzgan 36 nafariga nisbatan intizomiy chora ko‘rildi.

    'Shavkat Mirziyoyev Ibrohim Gʻafurov xotirasiga taʼziya bildirdi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 04:44

    Shavkat Mirziyoyev Ibrohim Gʻafurov xotirasiga taʼziya bildirdi

    Prezident Ibrohim G'afurov vafoti munosabati bilan uning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

    'Andijonda voyaga etmagan qiz bilan jinsiy munosabatda bo‘lgan IIB xodimi qamoqqa olindi.'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 03:06

    Andijonda voyaga etmagan qiz bilan jinsiy munosabatda bo‘lgan IIB xodimi qamoqqa olindi.

    Jinoyatda gumonlanayotgan shaxs voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida inspektor bo‘lib ishlagani aniqlandi.

    'Toshkentda elektrobus piyodani bosib ketdi'ning rasmi

    JAMIYAT 06.06.2026 16:22

    Toshkentda elektrobus piyodani bosib ketdi

    Oqibatda fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.