AsosiyJamiyat

Taniqli jurnalist Karim Bahriyev vafot etdi

O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi a’zosi, tanigli jurnalist Karim Bahriyev 64 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

'Taniqli jurnalist Karim Bahriyev vafot etdi'ning rasmi

Bu haqda O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi ma’lum qildi.

U jurnalistika sohasida o‘z o‘rniga va o‘z so‘ziga ega bo‘lgan, kasbiga sadoqat bilan xizmat qilgan inson edi. 

Tanigli jurnalist, publitsist va tarjimon Karim Bahriyev og‘ir xastalik sabab 64 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. 

Sal avval K.Bahriyev insult bilan Toshkent shahar 1-sonli klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan barcha zarur muolajalar ko‘rsatilganiga qaramay, u jonlantirish bo‘limida hayotdan ko‘z yumdi.

Darakchi.uz marhumning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

    Boshqa yangiliklar