AsosiyJamiyat

Хонандалар солиқ декларациясини топширмоқда

Soliq qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, „Soliq“ ilovasi orqali daromad deklaratsiyasi topshirgan sanʼatkorlar soni 2 mingga yaqinlashdi.

'Хонандалар солиқ декларациясини топширмоқда'ning rasmi

2025-yil 30-iyundan boshlab yo‘lga qo‘yilgan “Kontert-tomosha faoliyati” xizmati orqali xonandalar va ijrochilar o‘z daromadlari to‘g‘risida soliq deklaratsiyasini taqdim etishni boshlandi.

Bugunga qadar 1 954 nafar litsenziyaga ega san’atkor hujjat topshirdi.

Eng ko‘p deklaratsiya Xorazm (294 nafar) va Toshkent shahrida (291 nafar) taqdim etilgan. Ulardan keyingi o‘rinlarda Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlari bormoqda.

Jarayon “O‘zbekkonsert” va Soliq qo‘mitasi tizimlari integratsiyasi orqali soddalashtirilgan bo‘lib, Fase ID orqali shaxsni tasdiqlagan holda mobil ilovada bajarilmogda.

    Boshqa yangiliklar