Toshkent shahar IIBB YXHBning bergan xabariga ko‘ra, bugun, 6 sentabr kuni soat taxminan 02:50 atrofida Toshkent shahar Mirabod tumani Afrosiyob ko‘chasida YTX sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, Audi avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, Ford rusumli tez yordam mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. To‘qnashuv oqibatida tez yordam mashinasi ag‘darilib ketgan.
Voqea joyiga etib kelgan shifokorlar Ford avtomobili haydovchisi va yo‘lovchisiga birinchi shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.