Quddusda otishma sodir bo‘ldi. Hodisa Ramot yo‘lining ajralishidagi avtobus bekatlaridan birida sodir bo‘lgan. Bu haqda Ynetnwes nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 6 kishi halok bo‘lgan va kamida 10 nafar inson yaralangan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, ikki hujumchi 62-yo‘nalishdagi avtobusga va uning yonida bo‘lgan odamlarga qarata o‘q uzgan. Isroil Mudofaa armiyasi askari va qurollangan fuqaro ularga javob o‘qi bilan hujumchilarning ikkalasini ham otib tashlagan.
Magen David Adom tez yordam xizmatining xabarida yozilishicha, jarohatlanganlar Shaarey Tsedek va Hadassa shifoxonalariga olib borilgan. Yaradorlarga zudlik bilan qon quyish zarur bo‘lgani uchun Markaziy bankdan qon zaxiralari jo‘natilgan.
Hujum uyushtirganlar Sharqiy Quddusda yashovchi falastinliklar bo‘lgani aytilmogda. Ular Shvetsiyaning Carl Gustaf m/45 avtomatining q‘lbola nusxasidan foydalangan. Bunday turdagi qurollar falastinliklar orasida keng tarqalgan.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hujumga keskin javob berilishini bildirdi. Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir Quddus va G‘arbiy Sohilda xavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirdi.
HAMAS Quddusdagi hujumni Isroilning bosqinchiliklari uchun javob deb atadi. Biroq ular javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Falastin tomoni esa hujum yuzasidan rasmiy izoh bermagan.