AsosiySiyosat

Iqtisodiyot qanchalik mustahkam bo‘lsa, ta’lim rivojlanadi — Prezident

Ilgari investitsiya asosan xomashyo resurslariga kiritilgan boʻlsa, hozir har bir sohada yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish, infratuzilmani yaxshilashga yoʻnaltirilyapti.

'Iqtisodiyot qanchalik mustahkam bo‘lsa, ta’lim rivojlanadi — Prezident'ning rasmi

Bugun, 15 sentabr kuni davlat rahbari boshchiligida o‘tkazilayotgan tadbirda iqtisodiyotga ham a’lohida urg‘u berildi. Bu haqada davlat rahbari matbuot kotibi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, so‘nggi sakkiz yilda ta’lim va tarbiya sohasida ham o‘n yillarga teng keladigan ishlar amalga oshirilib, ulkan natija va yutuqlarga erishilgani ta’kidlangan. O‘tgan davrda mamlakatimiz iqtisodiyoti 2 karra o‘sdi, yil yakuni bilan jon boshiga daromad 3,5 ming dollarga etadi. Yalpi ichki mahsulot hajmi ham yil oxirigacha 130 milliard dollar bo‘ladi. Barcha tarmoqlarga zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar kirib kelayotgani hisobiga bu yil eksport 25 milliard dollarga olib chiqiladi. O‘tgan 8 yilda esa mamlakatimizga 130 milliard dollar xorijiy sarmoya kiritildi. E’tiborlisi, ilgari investitsiya asosan xomashyo resurslariga kiritilgan bo‘lsa, hozir har bir sohada yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish, infratuzilmani yaxshilashga yo‘naltirilyapti. “Men bu iqtisodiy ko‘rsatkichlarga nima uchun ko‘p to‘xtalyapman? Chunki iqtisodiyot qanchalik mustahkam bo‘lsa, ta’lim rivojlanadi. Ta’lim sifatini yuqori bo‘lgan mamlakatta esa iqtisodiyot barqaror o‘sadi. Bu – hayot qonuni!”, — dedi davlat rahbari.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 karra kamaytiriladi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 15:13

    Kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 karra kamaytiriladi

    Davlat rahbari pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

    'So'nggi sakkiz yilda jami talabalar soni 250 mingdan 1,5 millionga yetdi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 15:09

    So'nggi sakkiz yilda jami talabalar soni 250 mingdan 1,5 millionga yetdi

    Oliygohlar soni ham 77 tadan 202 tagacha koʻpayib yoshlarga oliygohlarga kirishda tanlov imkoniyati oshirildi.

    'Texnikum o‘qituvchilari uchun ham kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 14:53

    Texnikum o‘qituvchilari uchun ham kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi

    Har yili 500 nafar muallim ilg‘or xorijiy ta’lim tashkilotlariga, yana 500 nafar kasb ustalari esa chet eldagi yirik korxonalarga stajirovkaga yuboriladi.

    'Investor – tarmoq – texnikum zanjiri asosida texnikumlarda dual taʼlim yoʻlga qoʻyiladi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 14:42

    Investor – tarmoq – texnikum zanjiri asosida texnikumlarda dual taʼlim yoʻlga qoʻyiladi

    Yangi o‘quv yilidan 100 ta texnikumda Germaniya, Shveysariya, Xitoy, Koreya, Britaniya kabi davlatlar bilan ta’lim bo‘yicha hamkorlik qilinadi.

    ''ning rasmi

    Siyosat Bugun 14:32

    ''ning rasmi

    Siyosat Bugun 14:23