AsosiyDunyo

AQShda yoʻlbars hujumiga uchrgan hayvon oʻrgatuvchisi halok boʻldi

Ma'lum bo'lishicha, murabbiy mashq vaqtida yoʻlbars hujumiga uchragan.

'AQShda yoʻlbars hujumiga uchrgan hayvon oʻrgatuvchisi halok boʻldi'ning rasmi

20 sentyabr kuni AQShning Oklahoma shtatida joylashgan “Growler Pines Tiger” yovvoyi tabiat qo‘riqxonasida hayvon o‘rgatuvchisi Rayan Esli yo‘lbarslardan biri tomonidan hujumga uchrab, halok bo‘ldi. Bu haqda qo‘riqxona o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Rayan yo‘lbars bilan mashq o‘tayotgan vaqtda hujum bo‘lgan. Yordam yetib kelguniga qadar murabbiy hayotdan ko‘z yumgan.

“Raydan o‘z umrini asrash va ularga g‘amxo‘rlik qilishga bag‘ishlagan. Uning jasorati va yovvoyi tabiatga sodiqligi unutilmaydi”, — deyiladi bayonotda.

Hayvon huquqlari himoyachilari usbu fojia yuzasidan munosabat bildirib, yovvoyi hayvonlardan shou va tomoshalarda foydalanishni to‘xtatishga chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar