AsosiyDunyo

Afgʻonistonda 13 yoshli bola samolyotning balonlari orasiga kirib olib, Dehligacha uchib keldi

Parvoz bir yarim soat davom etgan, bolaning so'zlariga ko'ra, u aslida Tehronga bormoqchi bo'lgan.

'Afgʻonistonda 13 yoshli bola samolyotning balonlari orasiga kirib olib, Dehligacha uchib keldi'ning rasmi

Afgʻonistonning Kunduz shahrida yashovchi 13 yoshli bola "Kam Air" aviakompaniyasi samolyotining shassi boʻlimiga kirib olib, Dehligacha keldi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, 21 sentabr kuni ertalab u Qobul — Nyu-Dehli yoʻnalishi reysiga yashirin kirgan. Parvoz 94 daqiqa davom etgan. Hindistonga qoʻngach, oʻsmir maʼlum vaqt davomida uchish maydonida yurgan, uni xavfsizlik xizmati xodimlari koʻrib qolishgan.

Soʻroq paytida bola Tehronga borishni istaganini, ammo adashib Hindiston reysiga kirib qolganini aytgan.

Oʻsmirning yonida hech qanday yuk boʻlmagan va u yengil kiyimda boʻlgan. Mutaxassislar taʼkidlashicha, bunday sharoitda tirik qolish deyarli imkonsiz: parvoz balandligi 9–12 ming metrgacha etadi, havo harorati minus 50 darajagacha tushadi, germetizatsiyalanmagan boʻlimda esa kislorod tanqisligi yuzaga keladi. Hisob-kitoblarga koʻra, shunday holatlarda yashirin yoʻlovchilarning taxminan 77 foizi halok boʻladi.

    Boshqa yangiliklar