Toshkentdagi Universal sport saroyida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo`yicha O`zbekiston chempionati bahslari start oldi. Musobaqaning birinchi kunida yunon-rum kurashi bo`yicha to`rtta vazn toifasida g`olib va sovrindorlar aniqlandi.
59 kg vazn toifasidagi sportchilar bahsida hal qiluvchi jang anchagina murosasiz ruhda kechib unda 2016 yilgi O`zbekiston kubogi g`olibi, o`tgan yilgi yoshlar birinchiligi bronza medali sohibi Islom Bahromov bellashuv davomida hisobda ortda qola turib yakunda Feruz To`xtaev ustidan g`alaba qozona oldi.
71 kg vazn toifasining finali esa O`zbekiston kubogi g`olibi Fazliddin Namozov va o`tgan yili 66 kg vazn toifasida mamlakat chempionligini qo`lga kiritgan Danil Morozovlar o`rtasida kechdi. Mazkur bahsda Fazliddin Namozov raqibining kuragini erga tekkazishni uddalab O`zbekiston chempionligini tantana qildi.
80 kg vazn toifasida esa Rio-2016 ishtirokchisi, Osiyo chempionatlarining bir necha karra sovrindori Dilshod Turdiev kutilganidek Mirzohid Tursunov ustidan zafar quchib, shohsupaning eng yuqori pog`onasiga ko`tarildi.
Va nihoyat 98 kg vazn toifasida Respublika va xalqaro turnirlar sovrindori Jahongir Turdiev barcha raqiblaridan ustun kelib O`zbekiston chempionligini qo`lga kiritdi. U finalda Abror Mamasolievdan ustun keldi.
Texnik natijalar quyidagicha bo`ldi:
59 kg: 1 – Islom Bahromov (OZSM), 2 – Feruz Tuxtaev (OZSM), 3 – Mironshox Xasanov (Buxoro) va Qamariddin Zayniddinov (OZSM).
71 kg: 1 – Fazliddin Namozov (OZSM), 2 – Danil Morozov (OZSM), 3 – Nizom Xodiev (Buxoro) va Bahodir Nurniyazov (Qorakalpog`iston).
80 kg: 1 – Dilshod Turdiev (OZSM), 2 – Mirzoxid Tursunov (OZSM), 3 – Shuhrat Xudoyqulov (Samarkand) va Aziz Ne`matov (Farg`ona).
98 kg: 1 – Jahongir Turdiev (OZSM), 2 – Abror Mamasoliev (Andijon), 3 – Jamoliddin Qurbonov (Buxoro) va Ikrom Ibrohimov (Buxoro).