1

O`zbekistonda 17 dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Jamiyat 16.12.2016, 16:11
O`zbekistonda 17 dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 17 dekabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir, qor yog`adi. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2, kunduzi 2-4 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5, Ustyurtda kechasi 13-15, kunduzi 6-8 daraja sovuq bo`ladi.

Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, Navoiy viloyati shimolida kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir, qor yog`ib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir, qor yog`ib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 4-9 daraja iliq bo`ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir, qor yog`ib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`lib, tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1