Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Parkent tumanida Cobalt 7 yoshli bolani bosib, sudrab ketgani va oqibatda u halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, voqea 18 oktyabr kuni soat 11:00 larda Toshkent viloyatining Parkent tumani hududidan o‘tgan yo‘lda sodir bo‘lgan. 1986 yilda tug‘ilgan X.D. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashina piyodalar o‘tish joyidan yugurib o‘tayotgan 2016 yilda tug‘ilgan Sh.M.ni urib yuborgan. Natijada piyoda tan jarohatlari olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi, davolanishda, deyiladi habarda.
“Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda bola halok bo‘lgani haqida tarqatilayotgan ma’lumotlar mutlaqo asossiz, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deya qo‘shimcha qilingan.
Ushbu YTHda ishtirokchi sifatida Damas rusumli avtomashina haydovchisi K.X. ham qayd etilgan.
Holat yuzasidan Parkent tumani IIB mas’ul xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






