AsosiyJamiyat

Zangiotada sex yonib ketdi

Mazkur sexda tsellofan paketlari ishlab chiqarilgan.

'Zangiotada sex yonib ketdi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan “tsellofan” paketlari ishlab chiqarish sexida 26 oktyabr kuni kechki payt yong‘in sodir bo‘ldi.

Viloyat FVB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa tumanning “Nazarbek” mahallasida joylashgan ishlab chiqarish sexida soat 20:06 da qayd etilgan.

Yong‘in haqida xabar olingach, 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 20:17 da etib borgan. Yong‘in soat 20:51 da nazoratga olingan va 21:40 da to‘liq o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Yong‘in sababi hozirda aniqdanmoqda.

    Boshqa yangiliklar