AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev AQSH delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuv avvalida Serjio Gor davlat rahbariga Donald Trampning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.

'Shavkat Mirziyoyev AQSH delegatsiyasini qabul qildi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Sergio Gor boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

 Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda AQSh Davlat kotibining o‘rinbosari Kristofer Landau va boshqa rasmiy shaxslar ham ishtirok etgan.

O‘zbekiston – AQSh strategik sheriklik munosabatlarining joriy yil 23-sentabr kuni Nyu-York shahrida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Uchrashuv avvalida Sergio Gor davlat rahbariga AQSh Prezidenti Donald Trampning salomi va samimiy tilaklarini yetkazgan.

Jadal siyosiy muloqot, turli darajalardagi almashinuvlar va faol ishbilmurlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlami hajmi ortmoqda, oktabr oyi boshida AQSh Savdo palatasi delegatsiyasining tashrifi muvaffaqiyatli o‘tgan.

Qabul qilingan “yo‘l xaritasi” asosida sanoat, moliya, muhim minerallar, energetika, raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi loyihalarni ilgari surish dolzarbligi ta’kidlangan.

Tomonlar xavfsizlik, terrorizm va ekstremizm, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohalarida sheriklikni mustahkamlash masalalarini ham muhokama qilgan.

Global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilgan.

Kelajakdagi tadbirlar rejasi, shu jumladan kelgusi hafta Vashington shahrida “C5+1” formatidagi sammitni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqilgan.

 

    Boshqa yangiliklar