- Qabziyat bezovta qilsa, 100-150 gr. qaynatilgan lavlagini och qoringa iste`mol qiling.
- Qon kamayganda, teng miqdordagi sabzi, lavlagi, turp sharbatini aralashtiring. Kuniga 1-2 osh qoshiqdan ovqatdan avval qabul qiling.
- Sabzi, bodring, lavlagi sharbatini teng miqdorda aralashtirib, 1 soat davomida muzlatkichda tindiring. Yarim stakandan ichiing. Bu sharbatlar aralashmasi jigar va ichak faoliyatini yaxshilaydi, immunitetni ko`tarib, ko`rish qobiliyatini tiklaydi. Tayyor sharbatni bir kundan ortiq saqlamang.
- Flebit (tomirlar shamollashi)da 50 gr. lavlagi bargini 1 litr qaynagan suvda damlang. 10 daqiqa tindiring va ovqatdan so`ng yarim stakandan iste`mol qiling. Tomirlar faoliyatini yaxshilaydi.
- Qon bosimi yuqori bo`lganda, lavlagi sharbatini asal bilan aralashtirib, yarim stakandan kuniga 3-4 marta iching.
17.12.2016 10:25