1

Davron Choriev OFK qarorini hurmat qilmagani uchun 1 500 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortildi

Sport 17.12.2016, 21:46
Davron Choriev OFK qarorini hurmat qilmagani uchun 1 500 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortildi

O`zbekiston futzal terma jamoasi va “Ardus” (avvalroq “Olmaliq”) klubi o`yinchisi Davron Choriev Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) Tartib-intizom qoidalari 66.1 bandini buzganligi uchun 1 500 dollar miqdorida jarimaga tortildi.

O`FF matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Davron Choriev OFK qarorini hurmat qilmagani uchun jazolandi. Futzalchi 30 kun davomida jarima to`lovin amalga oshirishi kerak bo`ladi. Aks holda, Choriev (OFK) Tartib-intizom qoidalari 66.1.1 bandiga muvofiq 3 000 AQSh dollari miqdorida jarima to`lashi kerak bo`ladi.

Davron Choriev yuqorida ta`kidlangan jarimani qondirmagan taqdirda, unga nisbatan choralar ko`rilishi va futzalga oid faoliyatdan diskvalifikasiya qilinishi mumkinligi haqida rasman ogohlantirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1