O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi a`zosi Abdulhay Ismoilov Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) Antidoping qoidalari 6-bandini buzganligi uchun 1 yilga diskvalifikasiya qilindi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu yilning 15 sentbyar – 2 oktyabr kunlari Hindistonning Goa shahrida bo`lib o`tgan U-16 Osiyo chempionati vaqtida olingan doping-probalarda Abdulhay Ismoilovning namunasida taqiqlangan moddalar aniqlandi.
Shu munosabat bilan Abdulhay Ismoilov futbolga oid har qanday faoliyatdan 1 yilga chetlatildi. Uning diskvalifikasiyasi OFK Antidoping qoidalari buzilgan sanadan boshlab, ya`ni, 2016 yilning 3 noyabridan kuchga kirit, 2017 yilning 2 noyabriga qadar davom etadi.
Abdulhay Ismoilov mazkur holat takrorlangan taqdirda qattiq jazolanishi haqida ogohlantirildi.
Ma`lumot uchun, Abdulhay Ismoilov Hindistonda bo`lib o`tgan U-16 Osiyo chempionatida KXDRga qarshi (3:1) “D” guruhi 3-turida hamda Iroqqa qarshi (0:2) chorak finalida maydonga tushgandi.