AsosiyDunyo

So‘nggi ikki yilda necha nafar jurnalist o‘ldirilgani ochiqlandi

Mazkur ma'lumotni BMT bosh kotibi Antoniu Guterish ma'lum qildi.

'So‘nggi ikki yilda necha nafar jurnalist o‘ldirilgani ochiqlandi'ning rasmi

2023 yil avgustidan 2025 yil mayigacha butun dunyoda 163 nafar jurnalist halok bo‘lgan. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qildi.

UNESCO mazkur davrda 163 jurnalistning o‘ldirilganini qayd etgan. Ulardan 109 nafari, jumladan, 12 nafar ayol jangovar hududlarda halok bo‘lgan. Eng ko‘p qurbonlar G‘azo sektorida (46 kishi), Sudanda (13 kishi) va Ukrainada (8 kishi) aniqlandi.

Jurnalistlarga qarshi jinoyatlar urush kechmayotgan mamlakatlarda ham davom etmoqda. Masalan, Meksikada 15 nafar OAV xodimi o‘ldirilgan — bu ko‘rsatkich ayrim urush zonalaridagidan ham yuqori.

UNESCO ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p jurnalist qotilliklari arab davlatlarida (82 ta), Lotin Amerikasi va Qarib havzasida (34 ta), Osiyo-Tinch okeani mintaqasida (30 ta), Afrikada (5 ta) hamda Yevropa va Shimoliy Amerikada (12 ta) qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2 noyabr — Jurnalistlarga qarshi jinoyatlar uchun jazolanishsizlikka barham berish kuni sifatida nishonlanadi. Bu sana 2013 yilda Malida o‘ldirilgan ikki frantsuz jurnalisti xotirasiga bag‘ishlangan.

“Chegarasiz muxbirlar” tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 2023–2025 yillar oralig‘ida dunyoda kamida 1163 jurnalist hibsga olingan, ularning 568 nafari hozirgacha qamoqda saqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar