AsosiyDunyo

Gruziya uchun Yevropa eshiklari yopildi

Yevropa Ittifoqi Gruziyaning aʼzolik yoʻlida sezilarli natijalarga erishmaganini bildirdi.

'Gruziya uchun Yevropa eshiklari yopildi'ning rasmi

4 noyabr kuni Yevropa Ittifoqining kengayish masalalari bo‘yicha komissari Marta Kos Yevropa parlamentida EIning kengayish haqidagi hisobotini taqdim etdi. Unda Gruziya faqat "rasmiy nomzod" maqomida qolayotgani, biroq amalda a’zolik sari jiddiy siljish kuzatilmagani ta’kidlandi.

Hisobotda mamlakatda demokratiyaning orqaga ketayotgani, qonun ustuvorligining zaiflashayotgani va fuqarolik erkinliklarining cheklanayotgani qayd etilgan. Yevrokomissiya Gruziya hukumatini mustaqil OAV faoliyatiga bosim o‘tkazish, fuqarolik jamiyatini toraytiruvchi qonunlar qabul qilish hamda kuch ishlatuvchi organlar tomonidan haddan tashqari zo‘ravonlikda aybladi.

"Hukumat yo‘nalishni o‘zgartirish uchun hech qanday choralar ko‘rmadi. Muholifat yetakchilarining qamoqqa olinishi va partiyalarni taqiqlash tashabbusi – demokratik plyuralizmga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum", – deyiladi hujjatda.

Gruziya tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili hisobotni "bir tomonlama" deb baholab, unda mamlakatning ijobiy yutuqlari yetarlicha aks etmaganini aytdi.

    Boshqa yangiliklar