Forum "Markaziy Osiyo: umumiy ma'naviy-ma'rifiy meros – umumiy kelajak" mavzusida o‘tmogda. Prezident Shavkat Mirziyoyev kongress ishtirokchilariga yo‘llagan qutlov so‘zida tinchlik va barqarorlikni asrash, ilm va ma'rifat orqali hamjihatlikni mustahkamlash bugungi kunda eng muhim vazifalardan ekanini ta'kidladi.
"Ishonchim komilki, bugungi forum ilmiy va madaniy mulot uchun samarali maydon bo‘ladi", — dedi Prezident Mirziyoyev.
Kongressda xalqaro tashkilotlar, diplomatlar, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjondan kelgan olimlar, madaniyat va din arboblari ishtirok etmogda. Tadbir mintaqamiz xalqlarining ma'naviy va ilmiy merosini umumiy kelajak asosi sifatida tahli qilishga qaratilgan.
Kongress avvalida eng muhim voqealaridan biri — Hazrati Usmon (r.a.) davrida ko‘chirilgan muqaddas Usmon Mushafining Islom tsivilizatsiyasi markaziga ko‘chirilishi bo‘ldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati ham endi ushbu markazda davom ettiriladi.
Birinchi kunning muhokamalarida fan, madaniyat, yoshlar siyosati, kino va adabiyot sohalarida hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha qator tashabbuslar ilgari surild. Fanlar akademiyalari prezidentlari qadimiy qo‘lyozmalarni o‘rganish va arxeologiya sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Kongress doirasida "Markaziy Osiyo tarixiy merosi: yagona o‘tmish – umumiy kelajak" forumi, "Buyuk o‘tmish va buyuk kelajak" ko‘rgazmasi, "Tirik tarix" xalqaro kino forumi va boshqa tadbirlar ham o‘tkazilmogda.
Islom tsivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tayotgan usbu anjuman Markaziy Osiyo xalqlarining umumiy ilmiy va madaniy merosini yana bir bor namoyon etdi. Forum 15 noyabrgacha davom etadi.






