Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashgan fuqarolar ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Hukumat qarori bilan “Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Ko‘krak nishoni bilan fidoyi fuqarolar, birinchi navbatda, yoshlar taqdirlanadi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar ro‘yxati Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligiga har yili 1 maygacha taqdim etiladi.
Ko‘krak nishoni har yili 26 iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.
Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi. Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.






