AsosiyJamiyat

"Nasaf" muxlislari o‘yindan so‘ng YTHga uchragani tasdiqlandi

Ushbu mudhish hodisa sababli 4 kishi jarohatlanib, bir nafar fuqaro halok bo'lgan.

'"Nasaf" muxlislari o‘yindan so‘ng YTHga uchragani tasdiqlandi'ning rasmi

Voqea kecha, 30 oktyabr kuni Qashqadaryoning "Nasaf" futbol klubi muxlislari Namanganning "Navbahor" klubi bilan o‘yindan so‘ng Qashqadaryoga qaytayotganda yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda "Nasaf" matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan "Navbahor" – "Nasaf" uchrashuvida jamoasini stadiondan qo‘llab-quvvatlash uchun borgan bir guruh muxlislar Namangan-Qarshi yo‘nalishida orqga qaytish chog‘ida Taxtako‘racha dovonida yo‘l-transport hodisasiga uchragan.

Mazkur hodisa oqibatida tan jarohati olgan muxlislardan biri Mahmud Muhammadiev hayotdan ko‘z yumgan. Qolgan to‘rt nafar muxlis turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

"Nasaf" futbol klubi jamoamizning fidoyi muxlisi Mahmud Muhammadievning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

    Boshqa yangiliklar