AsosiyJamiyat

Davlat rahbarining “Markaziy Osiyo yangi davr ostonaida”nomli maqolasi e’lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta'kidlashicha, Markaziy Osiyo davlatlari o'zaro ishonch va do'stlik asosida hamjihatlikning yangi bosqichiga qadam qo'ymoqda.

'Davlat rahbarining “Markaziy Osiyo yangi davr ostonaida”nomli maqolasi e’lon qilindi'ning rasmi

Davlat rahbari Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda strategik darajada mustahkamlanayotganini ta’kidladi.

“Mintaqamizda ilk bor o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va hurmat muhiti qaror topdi. Bu jarayon yetakchilarning aniq maqsadga qaratilgan sa’y-harakatlari natijasidir”, - deydi Prezident.

Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, bugun Markaziy Osiyo davlatlari chegara masalalarida tarixiy kelishuvlarga erishib, barqaror rivojlanish va xavfsizlikni ta’minlashda umumiy yondashuvni shakllantirmoqda.

Prezident bo‘lajaq Toshkent sammiti mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishini, davlatlar o‘rtasidagi kelishuvlar fuqarolar hayotida amaliy natija berishi lozimligini ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar