AsosiyJamiyat

Inflyatsiya 2027 yilgacha 5 foizgacha tushiriladi

O'zbekiston hukumat keyingi ikki yilda narxlar o'sishini bosqichma-bosqich kamaytirishni maqsad qilgan.

'Inflyatsiya 2027 yilgacha 5 foizgacha tushiriladi'ning rasmi

Prezidentga iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va inflyatsiyani pasaytirish bo‘yicha rejalar taqdim etildi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 2024 yilda yillik inflyatsiya 10,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yilda 7,8 foizga, 2026 yilda 7 foizga, 2027 yilda esa 5 foiz darajasiga tushirilishi rejalashtirilgan.

Mutasaddilar bu orqali aholining xarid qobiliyati va iqtisodiy ishonchini oshirishni ko‘zlamoqda.

    Boshqa yangiliklar