AsosiyJAMIYAT

Davlat idoralaridagi komplaens tuzilmalari himoyasi kuchaytiriladi

Prezident tomonidan 22 iyunda imzolangan tegishli Qonun bilan davlat idoralari va tashkilotlardagi komplaens xizmatlarining xavfsizlik kafolatlari belgilandi.

'Davlat idoralaridagi komplaens tuzilmalari himoyasi kuchaytiriladi'ning rasmi

Xususan, endilikda ular tegishli tashkilot obyektlariga to‘sqinliksiz kirish, zarur axborot bilan tanishish, aniqlangan korrupsiyaviy holatlar yuzasidan taqdimnomalar kiritish vakolatiga ega bo‘lmoqda.

Bundan tashqari, idoraning birinchi rahbarida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik belgilari aniqlanganda yoki jinoiy guruhga rahnamolik qilayotgan deb hisoblash uchun yetarli asos bo‘lganda, komplaens bo‘yicha o‘rinbosar yuqori turuvchi komplaens xizmati bilan kelishgan holda tegishli hujjat va ma’lumotlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etishi mumkinligi belgilandi.

Komplaens tuzilmalarining himoyasi ham kuchaytiriladi. Xususan, endilikda ularga nisbatan jinoyat ishi faqat Bosh prokuror tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin. Mazkur yangiliklar davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazoratning mustaqilligi va samaradorligini oshirish, shuningdek, komplaens tizimlarining ta’sirchan faoliyat yuritishi uchun qo‘shimcha huquqiy kafolatlar yaratishga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar