AsosiyDunyo

Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘ldi

Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in benzin ta’minoti bo‘yicha xavotirlarni kuchaytirdi.

'Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

Melburn yaqinidagi Gilong shahrida joylashgan Viva Energy’ning Corio neftni qayta ishlash zavodida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in 13 soatdan so‘ng o‘chirildi, jabrlanganlar yo‘q.

Zavod mamlakat yoqilg‘isining muhim qismini ta’minlaydi va hozircha qisman ishlamoqda. Hukumat benzin ishlab chiqarishga ta’sir bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Energetika vaziri Kris Bauen holatni “noqulay vaqtdagi hodisa” deb atadi. Chunki global neft inqirozi fonida mamlakadda yoqilg‘i ta’minoti allaqachon bosim ostida edi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga uskuna nosozligi sabab bo‘lgan.

    Boshqa yangiliklar