AsosiyJamiyat

1 dekabrdan AI-80 benzini sotuvdan olib tashlanadi

Poytaxt va uning atrofidagi issiqxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta'minlash bo‘yicha bir qator takliflar ishlab chiqiladi. Prezident qarori bilan yangi choralar e’lon qilindi.

'1 dekabrdan AI-80 benzini sotuvdan olib tashlanadi'ning rasmi

Prezidentning 18 noyabrdagi qaroriga binoan, aholini sifatli va ekologik toza yoqilg‘i bilan ta’minlagan holda AI-80 benzinini AYQSHlarda sotishni oldini olish bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi.

Shuningdek, ushbu qaror asosida, yana bir qator choralar belgilanmoqda:

-respublikada 18 ta dendrologiya va 15 ta botanika bog‘larini tashkil etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi;

-qurilish uchun ajratilgan ob’yektlarda qurilish boshlanishidan oldin quruvchi tashkilotlar tomonidan fon monitoring stansiyalari va onlayn kameralar o‘rnatiladi;

-Toshkent shahar o‘rmon xo‘jaligini tashkil etiladi;

-poytaxt va uning atrofidagi issiqxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi;

-Tig‘iz vaqtlarda shaharda yuk mashinalari harakati cheklanadi;

-Binolarni loyihalashda shamol yo‘nalishi va tezligini inobatga olish talabi qo‘yiladi;

-Daraxt va butalarni sanitariya maqsadida kesish yoki kesmaslik haqidagi qarorlar kollegial ovoz berish orqali qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar