2024 yil 25 dekabr kuni Aqtau yaqinida Boku–Grozniy yo‘nalishida parvoz qilgan Embraer 190 samolyoti qulashi natijasida 67 kishidan 38 nafari halok bo‘lgan edi. Ilk bosqichda Rossiya hodisaga aloqadorligini inkor etib, sabab sifatida qushlar bilan to‘qnashuvni ko‘rsatgan. Keyinchalik samolyot qoldiqlaridan zenit raketa izlari topilgani vaziyatni o‘zgartirdi.
2024 yil 28 dekabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qilib, voqea Rossiya havo hududida sodir bo‘lgani uchun uzr so‘ragan. Aliyev esa Moskva tomonini haqiqatni yashirishda ayblab, aybdorlarni jazolash va tovon to‘lashni talab qilgan edi.
2025 yil 9 oktyabrda Dushanbeda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar kelishuvga erishdi. Rossiya tomoni halokatga Ukraina droni parvoz va texnik nosozlik sabab bo‘lganini bildirgan. Unga ko‘ra, ikki raketa samolyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegmasdan, uning yaqinida portlagan.
Shu bilan birga, tergov to‘liq yakuniga yetkazilmagan: 2025 yil dekabrda Rossiya Tergov qo‘mitasi jinoyiy ishni aybdorlarni javobgarlikka tortmasdan yopgan. Yangi qo‘shma bayonotda esa ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlangan.






