AsosiyJAMIYAT

Farg‘onada ikki Damas to‘qnashdi, ikki kishi jabrlandi

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida ikkita Damas avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

'Farg‘onada ikki Damas to‘qnashdi, ikki kishi jabrlandi'ning rasmi

Viloyat Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma'lumotiga ko'ra, hodisa bugun, 23 iyun kuni soat 16:00 larda D-094 “Oltiariq–Vodil” avtomobil yo'lining 34-kilometrida, Oltiariq tumanidagi “Belariq” mahallasi hududida yuz bergan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 1995 yilda tug'ilgan haydovchi boshqaruvidagi “Damas” avtomobili Oltiariq markazi–Qiziltepa yo'nalishida harakatlanib ketayotgan vaqtda quvib o'tish qoidasini buzib, qarama-qarshi harakatlanish qismiga chiqqan.

Natijada ushbu transport vositasi qarshi tomondan kelayotgan boshqa bir “Damas” avtomobili bilan to'qnashgan.

Hodisa oqibatida bir nafar haydovchi va bir nafar yo'lovchi tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 16:59

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 13:31

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 13:25

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 13:05

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 11:41

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 10:50