O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq, "TASS" axborot agentligining O‘zbekistondagi muxbiri Valeriy Vasilyevich Biryukov "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi.
Qayd etilishicha, jurnalist mamlakatda so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida ochiqlik hamda oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy qiyofasini keng yoritishga qo‘shgan munosib hissasi uchun mazkur yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Valeriy Biryukov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida doimiy akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalist hisoblanadi va uzoq yillardan buyon mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy jarayonlarni xalqaro auditoriyaga yetkazib kelmoqda.






