1

Grizmann France Football talqini bo`yicha 2016 yilning eng yaxshi fransiyalik futbolchisi deb topildi

Sport 19.12.2016, 21:40
Grizmann France Football talqini bo`yicha 2016 yilning eng yaxshi fransiyalik futbolchisi deb topildi

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann France Football nashri bo`yicha 2016-yilning eng yaxshi fransiyalik futbolchisi deb topildi. Bu haqda “Championat.com” xabar bermoqda.

Ovoz berish jarayonida avvalroq eng yaxshi deb topilgan futbolchilar ishtirok etdi. 2015 yilda “PSJ” yarim himoyachisi Blez Matyuidi eng yaxshi fransiyalik futbolchi deb topilgandi.

Ma`lumot o`rnida, Antuan Grizmann Evro–2016 musobaqasining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. Iqtidorli hujumchi “Atletiko” bilan EChL finaliga qadar, Fransiya termasi bilan esa Evropa chempionati finaliga qadar etib borgandi.

Bundan tashqari, 25 yoshli futbolchi “Oltin to`p–2016” mukofoti uchun kurashda 2-o`rinni egalladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1