AsosiySport

APL. "Liverpul" Mersisayd derbisida "Everton"dan ustun keldi

Angliya Premer-ligasi 17-tur so`nggi turida "Everton" jamoasi o`z maydonida "Liverpul" futbolchilarini qabul qildi. "Gudison Park" stadionida bo`lib o`tgan Mersisayd derbisida "Liverpul" 1:0 hisobida zafar quchdi. 

Uchrashuv teng kurashlar ostida o`tdi. Ammo o`yin yakunida Sadio Mane hisobni ochib, jamoasining g`alabasini ta`minladi. Ushbu gol hakam tomonidan o`yinning asosiy vaqtida qo`shib berilgan daqiqalarda kiritildi. 

Navbatdagi g`alabadan keyin Yurgen Klopp jamoasi 37 ochko bilan ikkinchi o`ringa ko`tarilib oldi. Peshqadam "Chelsi" hisobida 43 ochko bor. 

"Everton" – "Liverpul" 0:1 (0:0,0:1)

Gol: 0:1 – 90+5 Mane.

"Everton" – Stekelenburg (Robles, 64), Uilyams, Beyns, Funes Mori, Koulmen, Barkli, Guye, Makkarti (Berri, 46), Lennon, Lukaku, Valensiya (Kelvert-Lyuin, 73).

"Liverpul" – Minole, Klayn, Lovren, Klavan, Milner, Xenderson, Lallana (Jan, 82), Mane (Leyva, 90), Veynaldum, Firmino, Origi (Starrij, 82).

Ogohlantirishlar: Lovren (56), Barkli (68), Koulmen (69), Guye (85).

Boshqa yangiliklar