AsosiySport

"Barselona" bosh murabbiyi "Real"ni ortda qoldirishni maqsad qildi

“Barselona” klubi bosh murabbiyi Luis Enrike “Espanol” ustidan 4:1 hisobida qozonilgan uchrashuvidan so`ng jamoasini yanada yaxshiroq o`ynashga chaqirgan va bu bilan La Ligada “Real”ni ortda qoldirishni maqsad qilganini aytdi. 

“2017 yili oldimizda muhim vazifa turibdi, ya`ni chempionlikni qo`lga kiritish. Bu jamoa uchun katta chaqiruv. Biz to`g`ri yo`ldamiz.

“Barselona” hozirda o`ziga yarashmagan pozisiyada turibdi. Ammo “Real”ning natijalarini tan olish kerak. Hali chempionat uzoq davom etadi va biz barchasiga ega chiqamiz”, – dedi Luis Enrike.

Boshqa yangiliklar