Madridning “Real” jamoasi Braziliyaning “San-Paulu” klubida to`p surayotgan Augusto Sezar Verissimo Kalvan xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Championat.com” xabar bermoqda.
Marca nashrining qayd etishiicha, “Qirollik klubi” yaqin orada 17 yoshli futbolchini o`z safiga qo`shib olmoqchi. Kutilishicha, Kalvan dastlab “Real”ning farm-klubi – “Kastilya”da to`p suradi.
Qayd etish kerakki, yosh futbolchining “San-Paulu” bilan amaldagi kelishuvi shu yilning 31 dekabr kuni o`z poyoniga etadi. Kalvan klub bilan shartnomasini uzaytirish niyatida emas. Sababi u etarlicha o`yin amaliyotiga ega bo`lmayapti.