AsosiyJamiyat

"O'zgidromet" xususiy datchiklar bo'yicha ogohlantirdi

Koʻplab shaxsiy sensorlar notoʻgʻri oʻrnatilgani sabab maʼlumotlarda katta farq kuzatilmoqda.

'"O'zgidromet" xususiy datchiklar bo'yicha ogohlantirdi'ning rasmi

“O‘zgidromet” mutaxassislari rasmiy stansiyalar va xususiy havo sifati sensorlari ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi tafovut sabablari haqida ma’lumot berdi. Tashkilotga ko‘ra, ko‘plab kompaniya va fuqarolar o‘rnatgan datchiklar texnik talablar buzilgani bois noto‘g‘ri natijalar qayd etmoqda.

Aytishlaricha, qurilmalarni standartlarga xilof joylashtirish atmosfera sifatini ob’ektiv baholashni qiyinlashtiradi hamda aholiga etkazilayotgan ma’lumotlarning aniqligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois “O‘zgidromet” datchik egalari uchun maxsus tavsiyalar ishlab chiqdi.

Agentlik 9 dekabr kuni soat 10:00–12:00 oralig‘ida ochiq eshiklar kunini o‘tkazadi. Unda xususiy sensor o‘rnatmoqchi bo‘lganlar barcha savollariga mutaxassislardan javob olishlari mumkin.

“Air Tashkent” tizimi faqat sertifikatlangan rasmiy stansiyalar ma’lumotlaridan foydalanishi tufayli uning ko‘rsatkichlari IQAir kabi platformalardan farq qilishi tabiiy, deya qo‘shimcha qildi agentlik.

    Boshqa yangiliklar