Angliyaning “Chelsi” jamoasi rahbariyati “Real” yarim himoyachisi Xames Rodrigesga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “iSport.ua” portali xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, London klubi kolumbyaliya futbolchi uchun 89 million evro sarflashga tayyor. “Chelsi” Xitoyga yo`l olayotgan Oskarning transferidan tushadigan pulni aynan Xamesni sotib olish uchun ishlatmoqchi va shu orqali yarim himoyani kuchaytirmoqchi.
Eslatib o`tamiz, Xames klublar o`rtasidagi JCh finalidan so`ng “Real”dan ketishga qaror qilgani haqida ma`lum qilgandi. Futbolchi etarlicha o`yin amaliyotiga ega bo`lmagani uchun shunday qarorga kelganini aytdi.





