AsosiySport

Eldor Shomurodov “Istanbul Başakşehir”ga g‘alaba keltirib, to‘purarlar poygasida peshqadamga aylandi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining 16-turida “Samsunpor”ga qarshi o‘yinda gol va golli uzatma amalga oshirib, jamoasiga muhim g‘alaba olib keldi.

'Eldor Shomurodov “Istanbul Başakşehir”ga g‘alaba keltirib, to‘purarlar poygasida peshqadamga aylandi'ning rasmi

Uchrashuv “Istanbul Başakşehir”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinning 66-daqiqasida Eldor Shomurodov hisobni ochgan bo‘lsa, 83-daqiqasida sherigiga aniq uzatma berib, ikkinchi golga assistentlik qildi.

Ushbu natija orqali o‘zbekistonlik hujumchi Turkiya Superligasining joriy mavsumidagi gollar sonini 11 taga yetkazdi va to‘purarlar poygasida peshqadamga aylandi. Shuningdek, uning hisobida 2 ta golli uzatma ham mavjud.

Ma’lumot uchun, “Istanbul Başakşehir” safida to‘p surayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Abbos Fayzullayev ham ushu bahsda asosiy tarkibda maydonga tushib, 67 daqiqa harakat qildi.

Ayni paytda “Istanbul Başakşehir” 20 ochko bilan Turkiya Superligasi turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi.

    Boshqa yangiliklar