AsosiySUG'DIYONA

Yoringiz burjiga qarab mulozamat qiling!

Turmushingiz asalday shirin bo`lishi uchun umr yo`ldoshingiz uni qanchalik sevishingizni va ayni qaysi hislatini qadrlashingizni doimo his qilib turishi kerak. Buning uchun unga mulozamat qilishni bilib qo`yganingiz durust. To`g`ri so`zlarni topib gapirishni o`rganing shunda o`zaro hurmat va muhabbat bo`ladi. Xo`sh, juftingiz qaysi burjda tug`ilgan? Fe`l atvoridan kelib chiqqan holda unga moydek yoqib tushadigan maqtovlar, mulozamatlarni o`rganamiz.

 

1. HAMAL 

«Qoyil! Xech kimning xayoliga kelmagan ishlarni amalga oshirasiz! Men siz bilan fahrlanaman!»

Maqsad sari intiluvchi, yangi g`oyalarga to`la, o`ta faol Hamal erkaklar istalgan jamoada etakchilar. Ular hamma narsada birinchi bo`lishni istaydilar. Juftingiz Hamal bo`lsa, har doim uning tengsiz ekanligini eslatib turing.

2.    SAVR

«Dididingizga tan beraman! Romantikligingiz esa sizga bo`lgan tuyg`ularimni yanada alanga oldiradi!»

Hech kim Savrchalik tabiat go`zalligini qadrlamaydi. U har bir narsadan betakror his-tuyg`u oladi. Agar u siz bilan o`z kuzatishlarini bo`lishmoqchi bo`lsa buni e`tiborsiz qoldirmang.

3.    JAVZO

«Uddaburonligingizni yaxshi ko`raman! Har qanday vaziyatda ham to`g`ri yo`lni ko`ra olasiz!»

Egizaklar yangi g`oyalar va harakatlarning universal manbaidir. Ijodkorlik ularning  jonu dili. Yuqoridagi so`zlar  bilan esa uni yangilik yaratishida qo`llab quvvatlang.

4. SARATON

Bugun uyda qolishimiz mumkin, sizga mazali kechki ovqat tayyorlab beraman»

Bu burj ostidagi erkaklar palovxon to`rani boplashadi, ya`ni ularning o`zlarida oshpazlik qobilyati bor. Shunga qaramay ularning ko`ngliga yo`l topishning sinalgan usuli oshqozon orqalidir. Unga qanchalik ko`p e`tibor va mehr bersangiz u sizga ikki hissa ortig`ini qaytaradi.

5. ASAD

«Har safar sizga qoyil qolaman!»

Hech kim Asadchalik o`ziga bo`lgan omad va e`tiborni ko`p istamasa kerak. Sizning maqtovlaringiz samimiy va chin dildan bo`lsa u sizni qirollichalarday hurmat qiladi, sevadi, qadrlaydi.

6. SUNBULA

«Bir o`zim uddalay olmayapman. Menga yordamingiz kerak»

Sunbula xotirjamlik va bosiqlikning manbaidir. U har bir vaziyatni tahlil qilishni xush ko`radi. U hal qila olmaydigan masala yo`q. Sunbuladan yordam so`raganingiz sari u o`zini baxtiyor his qiladi.

7. MEZON

«Sizning fikringiz men uchun muhim»

Ideal turmush o`rtoq borasida mezon chempiondir. Unga muhim ishning bir qismiga aylanishiga imkon yaratib bering, ko`zlari yonishini ko`rasiz.

8. AQRAB

«Bu haqda gapira oladigan yagona insonimsiz…»

Aqrablar samimiyat va hurmatni qadrlaydilar. Unga siringizni ishonib bo`lishgan kuningiz, yuragiga kirib borasiz, u ham sizga eng pinhona sirlarini ishonishni boshlaydi.

9. QAVS

«Narsalarimizni yig`ishtirib biror erga jo`nab ketamizmi?»

Hatto yaqin orada sayohatga otlanishni rejalashtirmagan bo`lsangiz ham, bu haqidagi o`ylar uning yuragini ilitadi. U sayohatlarni, sarguzashtlarni juda yoqtiradi, shuning uchun sizning istagingizni amalga oshirish u uchun asosiy maqsadga aylanadi.

10.  JADIY

Hech kim sizchalik bo`lolmaydi»

Jadiyda javobgarlik va sabr ustunlik qiladi. Uni ozgina maqtab qo`ysangiz kifoya, sizni baxtli ko`rish uchun hamma ishga tayyor.

11.  DALV

«Hech kimda yo`q g`oyalarni o`ylab topasiz-a? Munchayam zukkosiz!»

Mustaqillikni sevuvchi Dalv olomondan ajralib turishni juda yoqtiradi. Hali hech kim qo`l urmagan ishlarni bajarishda unga madadkor bo`ling, shunda u faqat sizniki bo`ladi.

12.  HUT

Siz bilan butun olamni unutaman!»

Hut burji ostidagilar insonga hamdard bo`lishni bilishadi. U bilan his- tuyg`ularingizni maksimal darajada bo`lishing, shunda uni rag`batlantirgan bo`lasiz.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar