AsosiySiyosat

Mirziyoyev Putin bilan nimani muhokama qildi?

O‘zbekiston yetakchisi Rossiya rahbari bilan telefon orqali muloqot qildi.

'Mirziyoyev Putin bilan nimani muhokama qildi?'ning rasmi

Bugun, 30 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Rossiya Prezidentining Nijniy Novgorod viloyatidagi qarorgohiga hujum qilishga urinishni qat’iy qoraladi.

Bunday xatti-harakatlar barqarorlik va xavfsizlikka, shu jumladan uzoq muddatli tinchlikka erishishga qaratilgan sa’y-harakatlarga tahdid solishi ta’kidlandi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, bo‘lajak tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

Suhbat yakunida yetakchilar kirib kelayotgan yangi – 2026 yil munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va farovonlik, ikki mamlakatning birodar xalqlariga esa tinchlik-osoyishtalik va bardavom rivoq tiladilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yangi yil munosabati bilan minglab bolalar uchun bank depozitlari ochildi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 11:46

    Yangi yil munosabati bilan minglab bolalar uchun bank depozitlari ochildi

    Prezident topshirig‘i bilan “Prezident archasi” doirasida yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun omonat depozit hisob raqamlari ochildi.

    'Prezident Qurilish vazirligining Yangi Toshkentdagi yangi binosini koʻzdan kechirdi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 10:51

    Prezident Qurilish vazirligining Yangi Toshkentdagi yangi binosini koʻzdan kechirdi

    Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent hududida barpo etilgan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining yangi binosi hamda zamonaviy infratuzilma obyektlari bilan tanishdi.

    'CNN телеканали Янги йил эфир дастурида Ислом цивилизацияси маркази ҳақида ҳикоя қилмоқда'ning rasmi

    Siyosat Bugun 05:49

    CNN телеканали Янги йил эфир дастурида Ислом цивилизацияси маркази ҳақида ҳикоя қилмоқда

    Xalqaro CNN telekanali O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga bag‘ishlangan yarim soatlik hujjatli filmni namoyish etdi.

    'Trump va Netanyahu Gʻazodagi tinchlikning 2-bosqichini kelishib olmoqchi'ning rasmi

    Siyosat 29.12.2025 08:46

    Trump va Netanyahu Gʻazodagi tinchlikning 2-bosqichini kelishib olmoqchi

    AQSh Prezidenti va Isroil Bosh vaziri "Mar-a-Lago" qarorgohida muzokara o'tkazadi, asosiy mavzu - G'azodagi tinchlik kelishuvi ikkinchi bosqichi.

    'Suriyada juma namozi vaqtida masjid portlatildi, qurbonlar bor'ning rasmi

    Siyosat 26.12.2025 13:43

    Suriyada juma namozi vaqtida masjid portlatildi, qurbonlar bor

    Homs shahridagi masjidlardan birida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq fuqaro jarohat oldi.

    'Oʻzbekiston iqtisodiyoti texnologik va innovatsion oʻsish modeliga oʻtmoqda'ning rasmi

    Siyosat 26.12.2025 12:21

    Oʻzbekiston iqtisodiyoti texnologik va innovatsion oʻsish modeliga oʻtmoqda

    Yurtimizdagʻi qulay biznes muhiti, demografik oʻsish, inson kapitaliga berilayotgan eʻtibor – Oʻzbekistonni investorlar uchun eng jozibador mamlakatlardan biriga aylantirmoqda.