1

Ispaniya Kubogi. "Barselona" "Erkules" darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi

Sport 22.12.2016, 08:44
Ispaniya Kubogi. "Barselona" "Erkules" darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi

Ispaniya Kubogi 1/16 final javob o`yinida "Barselona" jamoasi o`z maydonida "Erkules" futbolchilarini qabul qilib, yirik — 7:0 hisobida g`alaba qozondi.

Mazkur uchrashuvda Arda Turan xet-trik qayd etgan bo`lsa, Pako Alkaser nihoyat gol urdi. Shuningdek, Din, Rafinya va Rakitich ham o`z nomini tabloga yozdirdi.

Ikki o`yin natijasiga ko`ra, kataloniyaliklar 8:1 hisobi bilan musobaqaning nimchorak finaliga yo`l olishdi.

“Barselona” – “Erkules” 7:0 (2:0, 5:0)

Gollar: 1:0 – 37 Din, 2:0 – 45, penalti Rakitich, 3:0 – 50 Rafinya, 4:0 – 55 Turan, 5:0 – 73 Pako Alkaser, 6:0 – 86 Turan, 7:0 – 89 Turan.

“Barselona” – Sillessen, Aleish Vidal, Umtiti, Din, Maskerano, Suares, Andre Gomesh, Rafinya, Rakitich, Turan, Pako Alkaser.

“Erkules “– Riko, Roxas, Penya, Dalmau, Bueso (Mayns, 54), Minyano, Fernando, Xose Gaspar (Neto, 46), Chechu, Cheka, Berrokal (Salinas, 69).

Ogohlantirishlar: Penya (42), Aleish Vidal (42).

Dastlabki o`yin: 1:1

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1