AsosiyJamiyat

Samarqandda gazdan o‘g‘rincha foydalangan issiqxona fosh bo‘ldi

Tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalangan issiqxona davlat byudjetiga 1,2 mlrd so‘mlik zarar yetkazgan.

'Samarqandda gazdan o‘g‘rincha foydalangan issiqxona fosh bo‘ldi'ning rasmi

Energetika vazirligining bergan xabariga ko‘ra, “O‘zenergoinspektsiya” Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Samarqand shahrida fuqaro I. Sh. ga qarashli issiqxonaga yashirin tarmoq tortib, o‘zboshimcha bilan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 1 milliard 265 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmogda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar