AsosiyDunyo
5078

Boshqirdistonda marshrut avtobusi bir guruh odamlarni urib yubordi (Video)

Boshqirdistonning Sterlitamak shahrida marshrut avtobusi piyodalar yo`lakchasidan o`tayotgan bir guruh odamni urib yubordi, deb xabar qildi “Tvzvezda.ru” nashri.

Hodisa marshrut avtobusining orqasidan kelayotgan avtomobilning videoregistratoriga qayd etildi. Voqea erta tongda ro`y berdi. Kadrda svetoforning yashil chirog`i yongandan keyin odamlarning piyodalar yo`lakchasidan o`tishni boshlagani aks etgan. Marshrut avtobusi esa to`xtamay, to`g`ri odamlarning ustiga bostirib borib, ularni urib yuborgan. Ikki ayol yiqilib tushgan. Hozircha jabrlanganlar haqida xabar yo`q, polisiya surushtiruv ishlarini olib bormoqda.

Boshqa yangiliklar