AsosiyDunyo

Trump Epstein ishi boʻyicha hujjatlarni oʻrganishga vaqti yoʻqligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Trump moliyachi Jeffrey Epstein ishi bo‘yicha e‘lon qilingan hujjatlar bilan hali tanishib chiqmaganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.

'Trump Epstein ishi boʻyicha hujjatlarni oʻrganishga vaqti yoʻqligini aytdi'ning rasmi

Trumpning ta'kidlashicha, davlat ishlari juda ko'p bo'lgani sabab hujjatlarni o'rganishga vaqti yetishmayapti.

“Menda juda ko‘p vazifalar bor. Men doim ish bilan bandman”, — dedi AQSh prezidenti jurnalistlarning savollariga javoban.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u hozirda asosiy e‘tiborni mamlakatni boshqarish, shuningdek, jamoatchilikni amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan natijalar haqida xabardor qilishga qaratgan.

Shu bilan birga, Trump jamiyatda Jeffrey Epstein shaxsiga bo‘lgan qiziqishning keskin ortganidan hayratda ekanini bildirgan. Uning fikricha, moliyachi tirikligida keng jamoatchilik e‘tiborida bo‘lmagan, ammo vafotidan so‘ng unga nisbatan qiziqish sezilarli darajada oshgan.

Eslatib o‘tamiz, 30 yanvar kuni AQSh Adliya vazirligi bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilish va zo‘ravonlikda ayblangan Jeffrey Epstein ishi bo‘yicha 3 milliondan ortiq hujjatni maxfiylikdan chiqargan edi.

Ushbu materiallarda Donald Trump va uning rafiqasi Melania Trumpning ismlari ham tilga olingan. Shuningdek, arxivda Epsteinning sobiq yordamchisi bergan ko‘rsatmalar ham mavjud.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 02:58

    'Нигерияда қуролли ҳужум оқибатида қариб 200 киши ҳалок бўлди'ning rasmi

    Dunyo 04.02.2026 17:26

    Нигерияда қуролли ҳужум оқибатида қариб 200 киши ҳалок бўлди

    Нигериянинг шимолий-марказий қисмидаги Квара штатида қуролли шахслар уюштирган ҳужум оқибатида ўнлаб тинч аҳоли вакиллари ҳаётдан кўз юмди.

    'Qaddafiyniнг ўғли Либияда ҳалок бўлди'ning rasmi

    Dunyo 04.02.2026 05:09

    Qaddafiyniнг ўғли Либияда ҳалок бўлди

    Arab ommaviy axborot vositalarining yozishicha, voqea G‘arbiy Libiyada, Zintan shahri yaqinida joylashgan qarorgoh hududida sodir bo‘lgan.

    'Pezeshkian AQSh bilan muzokaralarni boshlashga topshiriq berdi'ning rasmi

    Dunyo 04.02.2026 04:36

    Pezeshkian AQSh bilan muzokaralarni boshlashga topshiriq berdi

    Эрон Президенти Масъуд Пезешкиён АҚШ билан эҳтимолий музокараларга тайёргарлик ишлари бошланганини маълум қилди.

    'Rossiyada 9-sinf o‘quvchisi maktabda o‘q uzdi'ning rasmi

    Dunyo 03.02.2026 10:24

    Rossiyada 9-sinf o‘quvchisi maktabda o‘q uzdi

    Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.