FIFA rasmiy saytida terma jamoalarining yangi reyting jadvalini e`lon qildi. Unga ko`ra, O`zbekiston milliy terma jamoasi 62-o`rinda qoldi.
O`zbekiston Osiyo Futbol Konfederasiyasiga a`zo mamlakatlar terma jamoalari orasida 6-o`rinni egallab turibdi. Eron avvalgi oydagiga nisbatan bir pog`ona ko`tarilgan holda (29-o`rin), Osiyo jamoalari orasida etakchilikni o`zida saqlab turibdi. Janubiy Koreya hamda Yaponiya terma jamoasi o`z o`rinida qolgan va ular hamon 37 va 45-o`rinlarda. Avstraliya bir pog`ona yuqorilab, 47-o`rinni egallagan bo`lsa, Saudiya Arabistoni 2 o`rin yuqorilagab, 54-o`rinni egallagan. Jahon Chempionati saralashining uchinchi bosqichida O`zbekiston bilan bir guruhdan o`rin olgan jamoalar quyidagi pog`onalarni egallagan:
Xitoy — 82-o`rin,
Qatar — 87-o`rin,
Suriya — 96-o`rin.
Jahonning umumiy reytingida hamon Argentina etakchilik qilmoqda. Ikkinchi o`rinni Braziliya egallab turgan bo`lsa, uchinchi o`rindan Germaniya joy olgan.





