AsosiySport

"Lokomotiv" futbolchilarining har biriga "Lasetti" topshirildi!

Kecha, 22 dekabr kuni "O`zbekiston" mehmonxonasining muhtasham zallaridan birida "Lokomotiv" futbol klubi a`zolari taqdirlandi. Bu haqda "Sports.uz" xabar bermoqda

Futbol bo`yicha O`zbekiston milliy chempionatida chempion bo`lgan jamoa oltin medal bilan siylandi. Shuningdek, "O`zbekiston temir yo`llari" aksiyadorlik jamiyati tomonidan futbolchilarga "Lasetti" avtomashinasi hadya etildi.

Eslatib o`tamiz, "Lokomotiv" O`zbekiston chempionligidan tashqari mamlakat Kubogi sohibi ham bo`lgandi. 

    Boshqa yangiliklar