AsosiyDunyo

БААда рамазон ойида иш вақти 2 соатга қисқаради

Davlat xizmatchilari ham yengillashtirilgan rejimga o‘tadi. Dushanbadan payshanbaga ularning ish kuni ertalab soat 09:00 dan 14:30 gacha, juma kuni esa tushgacha davom etadi.

'БААда рамазон ойида иш вақти 2 соатга қисқаради'ning rasmi

Birlashgan Arab Amirliklari hukumati 2026 yil ramazon oyida xususiy sektor xodimlari uchun qisqartirilgan ish soatlarini tasdiqladi. Bu haqda Khaleej Times xabar berdi.

Mehnat resurslari vazirligi muqaddas oyda ish vaqti ikki soatgacha qisqarishini e'lon qildi. Odatda ishchilar 8-9 soat ishlaydi, ramazon oyida esa bu muddat 6-7 soatga qisqaradi.

Kompaniyalar ish jadvalini moslashuvchan tarzda tashkil etish huquqiga ega: masofadan ishlashni joriy etish yoki belgilangan me'yor doirasida ish vaqtini o'zgartirish mumkin. Bunda qisqartirilgan vaqtdan ortiqcha ishlash qo'shimcha ish sifatida baholanadi va alohida haq to'lashni talab etadi.

Davlat xizmatchilari ham yengillashtirilgan rejimga o'tadi. Dushanbadan payshanbagacha ularning ish kuni ertalab soat 09:00 dan 14:30 gacha, juma kuni esa tushgacha davom etadi. Ish joyida uzluksiz bo'lishni talab qiladigan kasblar esa bundan mustasno.

    Boshqa yangiliklar